Yashil makon: ona tabiatga mehr ifodasi

Orqaga Yashil makon: ona tabiatga mehr ifodasi
03.04.2026

Yashil makon: ona tabiatga mehr ifodasi

Bugungi kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan amalg...

Bugungi kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” loyihasi ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda aholi uchun sog‘lom yashash muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“O‘zenergosotish” AJ jamoasi ham ushbu ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, boshqaruv raisi Jahongir Obidjonov boshchiligida manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Daraxt ekish orqali havoning tozaligi yaxshilanadi, iqlim muvozanati saqlanadi va tabiiy boyliklar asrab-avaylanadi. Shu bois mazkur loyiha nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlodlar farovonligi uchun ham xizmat qiladi.

Har bir ekilgan nihol — ekologiya va kelajak uchun qo‘shilgan munosib hissa!

Foydali havolalar