Energetika sohasida yangi avlod: rahbar va talabalar muloqoti

Orqaga Energetika sohasida yangi avlod: rahbar va talabalar muloqoti
02.04.2026

Energetika sohasida yangi avlod: rahbar va talabalar muloqoti

 “O‘zenergosotish” AJ boshqaruvi raisi Jahong...

 “O‘zenergosotish” AJ boshqaruvi raisi Jahongir Obidjonov Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti filiali talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

 Uchrashuv davomida Jahongir Obidjonov o‘zining mehnat faoliyati, sohadagi tajribasi hamda energetika tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil so‘z yuritdi. 
 
Alohida ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari tomonidan har payshanba kuni yoshlar bilan uchrashuv kuni sifatida belgilangani, bu esa yoshlarga bo‘lgan e’tiborning amaliy ifodasi ekanligi qayd etildi.

Bugungi kunda yurtimizda yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani, ularning bilim olishi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha shart-sharoitlar ta’minlanayotgani alohida e’tirof etildi. 
 
Shuningdek, talabalar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi hamda yoshlarga o‘z ustida ishlash, bilim va ko‘nikmalarni muntazam oshirib borish, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Tadbirda savollar berib, faol qatnashgan talabalarga esdalik sovg‘alari berildi.


Foydali havolalar