“O‘zenergosotish” AJ: Farmon va ijro

Orqaga “O‘zenergosotish” AJ: Farmon va ijro
29.09.2026

“O‘zenergosotish” AJ: Farmon va ijro

2026-yil 22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi ...

2026-yil 22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–202-son Farmoni imzolandi.

Mazkur hujjat bilan yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida bozor tamoyillarini rivojlantirish, tartibga solish va nazorat mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilandi.

Shu munosabat bilan “O‘zenergosotish” AJda Jamiyat rahbariyati ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, Farmonning mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar hamda ularning Jamiyat faoliyatiga daxldor jihatlari xodimlarga yetkazildi.


Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ijro intizomini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Foydali havolalar