Unda asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
— “O‘zenergosotish” AJning elektr energiyasini markazlashtirilgan xarid qiluvchi va sotuvchi tashkilot sifatidagi faoliyati;
— Jamiyatning PPA doirasidagi majburiyatlarini bajarishini ta’minlashga xizmat qiluvchi mexanizmlari;
— Samarqand shahridagi Waste to Energy (WtE) loyihasi doirasidagi elektr energiyasini xarid qilish borasidagi masalalar;
— Elektr energiyasi bozori sohasidagi islohotlarning “O‘zenergosotish” AJ faoliyati va PPA doirasidagi majburiyatlariga ehtimoliy ta’siri.
Tomonlar mazkur yo‘nalishlarda fikr va takliflar almashib, elektr energetikasi bozorini rivojlantirish hamda mavjud mexanizmlarni takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

