Unda Namangan viloyati Pop tumanida amalga oshirilgan 500 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi loyihasining joriy holati muhokama qilindi.
Xususan, 15-sentabr kuni stansiyaning 500 MVt to‘liq quvvatga erishgani e'tirof etilib, loyihaning keyingi bosqichlari va texnik masalalar yuzasidan fikr almashildi. Mustaqil muhandis tomonidan o‘tkaziladigan testlar hamda ularning loyiha doirasidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Qiymati 350 mln dollar bo‘lgan mazkur loyiha qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan yirik loyihalardan biridir.

