Viloyatdagi yirik iste'molchi korxona rahbarlari bilan sayyor uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Shu bilan birga, korxonalar faoliyati o‘rganilyapti
Xususan, “Sirdaryo Mega Lyuks”, “Sirdaryo GLASS”, “Peng Sheng”, "Baxttex farm" kabi yirik iste’molchi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganishlar davomida:
elektr energiyasidan samarali va oqilona foydalanish;
ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish imkoniyatlari;
energiya ta’minotining barqarorligi;
energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ta’kidlanishicha, mazkur korxonalar hudud sanoat salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Ularning mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va energiya resurslaridan samarali foydalanish orqali yanada yuqori natijalarga erishish mumkinligi aytildi.
O‘rganishlar davom etmoqda.
Orqaga
29.04.2026
“O‘zenergosotish” AJ rahbariyati Sirdaryoda
Viloyatdagi yirik iste'molchi korxona rahbarlari b...
Oldingi
Yashil makon: ona tabiatga mehr ifodasi
03.04.2026
Keyingi
“Oʻzbekiston energetika haftaligi – 2026” doirasida oʻtayotgan OGU va Power Uzbekistan xalqaro koʻrgazmalarida energetika sohasidagi zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yechimlar hamda yangi hamkorlik imkoniyatlari namoyish etildi.
12.05.2026





