Sport, osh va hamjihatlik – “O‘zenergosotish” AJda Navro‘z shukuhi

Orqaga Sport, osh va hamjihatlik – “O‘zenergosotish” AJda Navro‘z shukuhi
28.03.2026

Sport, osh va hamjihatlik – “O‘zenergosotish” AJda Navro‘z shukuhi

“O‘zenergosotish” AJ xodimlari uchun Energetiklar ...

“O‘zenergosotish” AJ xodimlari uchun Energetiklar sihatgohida Navro‘z bayrami munosabati bilan an’anaviy “Salomatlik” sport musobaqalari tashkil etildi 

Har yili an'anaviy o‘tkazib kelinayotgan ushbu tadbir xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy ruh va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir doirasida turli sport bellashuvlari bilan bir qatorda milliy osh tayyorlash musobaqasi ham tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Sport musobaqalarida xodimlarning farzandlari ham ishtirok etdi. 

Yakunda “O‘zenergosotish” AJ boshqaruvi raisi Jahongir Obidjonov g‘oliblarni tabriklab, ularga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Foydali havolalar