Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Orqaga Rahbar va yoshlar uchrashuvi
16.03.2026

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

"O'zenergosotish" AJ boshqaruvi raisi Jahongir Obidjonov Jamiyatda faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

4 (1).webp 47.02 KB

"O'zenergosotish" AJ boshqaruvi raisi Jahongir Obidjonov Jamiyatda faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida Jahongir Obidjonov Prezidentimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e'tibor va ular uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida gapirdi.

"O'zenergosotish" AJda ham yoshlar uchun munosib mehnat sharoitlari, iste'dodlarini to'liq namoyon etishlari uchun yetarli imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, ularning bilim va malakasini oshirish uchun chet davlatlarda o'qishlar, safarlar tashkil etib kelinadi.

Bugun Jamiyat yoshlari qator yutuqlarga erishib, yosh bo'lishlariga qaramay rahbarlik lavozimlarida ishlab kelayotganliklari fikrimiz isbotidir.

2 (1).webp 111.14 KB
Uchrashuv davomida rahbar va yoshlar o'rtasida samimiy muloqot muhiti shakllanib, yoshlarning fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.

Shuningdek, yoshlar o'z takliflarini bildirish bilan birga, Jamiyat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdorliklarini izhor qildilar.

5.webp 54.39 KB

Foydali havolalar