Jizzax viloyatida davom etayotgan sayyor uchrashuvlar doirasida “O‘zenergosotish” AJ rahbariyati BYD Uzbekistan Factory korxonasida bo‘ldi.
Muloqot davomida korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan yig‘uv liniyalari hamda energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, korxona rahbariyati va mutaxassislari bilan o‘tkazilgan muloqotda elektr energiyasi ta’minotining barqarorligini ta’minlash, ishlab chiqarish hajmlarining ortib borishi bilan bog‘liq ehtiyojlar, mavjud masalalarni tezkor hal etish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv davomida yirik sanoat korxonalarining uzluksiz faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, elektr energiyasi bilan ishonchli ta’minlash va yuzaga kelayotgan muammolarni joyida o‘rganib, amaliy yechimlar ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Orqaga
10.06.2026
Sayyor uchrashuvlarning navbatdagi manzili — BYD Uzbekistan Factory
Jizzax viloyatida davom etayotgan sayyor uchrashuv...





