“O‘zenergosotish” AJda yirik iste'molchilardan qarzdorliklarni undirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Orqaga “O‘zenergosotish” AJda yirik iste'molchilardan qarzdorliklarni undirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
11.06.2026

“O‘zenergosotish” AJda yirik iste'molchilardan qarzdorliklarni undirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

“O‘zenergosotish” AJ yirik iste’molchilarning elek...

“O‘zenergosotish” AJ yirik iste’molchilarning elektr energiyasi uchun mavjud qarzdorliklarini undirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi. Unda qarzdorliklarni qisqartirish, to‘lov intizomini mustahkamlash hamda debitor qarzdorliklarni undirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda Buxoro va Jizzax viloyatlarida o‘tkazilgan sayyor uchrashuvlar hamda yirik sanoat korxonalarida olib borilgan o‘rganishlar natijalari muhokama qilindi. Hududlarda faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalari bilan muloqotlar davomida aniqlangan elektr energiyasi ta’minoti, hisob-kitoblar, texnik ulanish va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Xususan, “Bukhara Cotton Textile”, “Qorako‘l Kumush Kalava”, “Jizzakh Textile” hamda BYD Uzbekistan Factory korxonalarida o‘tkazilgan uchrashuvlar yakunlari tahlil qilinib, tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘tarilgan muammolarni hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

“O‘zenergosotish” AJ tomonidan hududlardagi tadbirkorlik subyektlari va yirik sanoat korxonalari bilan ochiq muloqotlarni davom ettirish, ularning murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish hamda samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Foydali havolalar