“O‘zenergosotish” AJ mutaxassislari Turkiyada malaka oshirmoqda
“O‘zenergosotish” AJ tomonidan elektr energiyasining onlayn savdo platformasini yaratish va ishga tushirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida jamiyat boshqarma va bo‘lim boshliqlari, mutaxassislari Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Xizmat safari davomida Turkiyaning energetika bozori operatori — EPİAŞ vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda hamda kompaniya tomonidan boshqariladigan EXIST elektr energiyasi savdo bozori faoliyati bevosita o‘rganilmoqda.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari elektr energiyasi savdo platformalarini boshqarish, dasturiy ta’minot infratuzilmasi, savdo mexanizmlari va bozor ishtirokchilari bilan ishlash amaliyoti bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv seminarlarida ishtirok etmoqda.
Mazkur hamkorlik ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda mamlakatimizda zamonaviy elektr energiyasi savdo platformasini joriy etish jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Orqaga
09.06.2026
“O‘zenergosotish” AJ mutaxassislari Turkiyada malaka oshirmoqda
“O‘zenergosotish” AJ mutaxassislari Turkiyada mala...



