Prezidentimiz tomonidan yoqilgʻi-energetika sohasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash hamda Yangiyoʻl tajribasi misolida “Tumanbay” va “Mahallabay” ishlash tizimi asosida Qoʻshtepa tumanida amalga oshirilgan ishlarni Fargʻona viloyatining barcha shahar va tumanlarida joriy etish yuzasidan oʻquv-seminar oʻtkazildi.
Unda Qoʻshtepa tumanida tashkil etilgan shtab rahbari – “Oʻzenergosotish” AJ Boshqaruvi raisi Jahongir Obidjonov, shtab rahbari oʻrinbosari – tuman hokimi Anvarjon Abdullayev, viloyat va tuman prokuraturasi, viloyat hokimligi, “Oʻzenergoinspeksiya”, “Hududgaztaʼminot” mutasaddilari, shuningdek hududiy elektr va gaz taʼminoti korxonalari rahbar va mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminar davomida:
— elektr va tabiiy gaz taʼminotida isteʼmolchilar bilan ishlashning yangi tizimi,
— “Tumanbay” va “Mahallabay” ishlash tajribasi,
— elektr hamda gaz tarmoqlarida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish,
— texnik va tijorat yoʻqotishlarini kamaytirish,
— debitor qarzdorlikni qisqartirish,
— mahallalarda oʻrganishlar olib borish,
— kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik,
— raqamli texnologiyalar va CAS tizimidan samarali foydalanish,
— hisoblagichlar hamda transformatorlar faoliyatini monitoring qilish,
— tarmoqlardagi nosozliklarni erta aniqlash va ish samaradorligini oshirishning yangi mexanizmlarini joriy etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, Qoʻshtepa tumanidagi 49 ta mahallada amalga oshirilgan ishlar xusisida taqdimot oʻtkazildi.
Unda har bir mahallaning energetik balansi shakllantirilgani, aniqlangan ehtiyojlar asosida transformator punktlarini joriy va mukammal taʼmirlash, beton tayanchlar oʻrnatish, yangi elektr tarmoqlarini qurish va mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berildi.
Seminar yakunida soha xodimlarining masʼuliyatini oshirish, komplayens tizimini kuchaytirish hamda mazkur tajribani viloyatning barcha shahar va tumanlarida keng joriy etish boʻyicha tegishli vazifalar belgilandi.
Orqaga
07.08.2026
Qoʻshtepada Yangiyoʻl tumani tajribasi asosida qilingan ishlarni Fargʻonaning barcha shahar va tumanlarida joriy etish yuzasidan oʻquv-seminar oʻtkazildi.
Prezidentimiz tomonidan yoqilgʻi-energetika sohasi...