“O‘zenergosotish” AJda ERP tizimi va SI texnologiyalarini joriy etish jarayonlari muhokama qilindi

Orqaga “O‘zenergosotish” AJda ERP tizimi va SI texnologiyalarini joriy etish jarayonlari muhokama qilindi
06.08.2026

“O‘zenergosotish” AJda ERP tizimi va SI texnologiyalarini joriy etish jarayonlari muhokama qilindi

Bugun “O‘zenergosotish” AJda Zoom platformasi orqa...

Bugun “O‘zenergosotish” AJda Zoom platformasi orqali ERP tizimini joriy etish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Unda 1C loyihasining joriy bosqichi, tizimni sinovdan o‘tkazish, tashqi axborot tizimlari bilan integratsiya ishlari hamda korporativ SI platformasi va SI assistentini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.



Yig‘ilish yakunida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


photo_2026-08-07_15-16-16.jpg 163.04 KB

Foydali havolalar