“O‘zenergosotish” AJ rahbariyati «Turkmenenergo» DEK raisi Durdy Elyasov hamda Turkmaniston Energetika vazirligining Hisob-kitob va moliya bo‘limi boshlig‘i — bosh buxgalteri Merdan Annagurbanov bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda tomonlar o‘rtasidagi amaldagi elektr energiyasini import qilish shartnomasining ijrosi, jumladan, yetkazib berilgan elektr energiyasi bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar, moliyaviy majburiyatlarning bajarilishi hamda shartnoma shartlariga rioya etilishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, 2027-yilda Turkmanistondan elektr energiyasi importini davom ettirish masalasi muhokama qilinib, kelgusi yil uchun rejalashtirilayotgan elektr energiyasi hajmlari va yetkazib berish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Bunda import hajmlarini oldindan kelishish, yetkazib berish grafiklarini shakllantirish hamda tegishli shartnoma shartlarini muvofiqlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

