“O‘zenergosotish”: Qonun ijrosi amalda

Orqaga “O‘zenergosotish”: Qonun ijrosi amalda
25.08.2026

“O‘zenergosotish”: Qonun ijrosi amalda

Bugun “O‘zenergosotish” AJda “O‘zbekiston Respubli...

Bugun “O‘zenergosotish” AJda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi  Konstitutsiyaviy Qonunning mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish va ijrosini ta'minlash maqsadida Zoom platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.


photo_2026-08-25_10-52-08 (3).jpg 140.23 KB

photo_2026-08-25_10-52-09 (2).jpg 183.14 KB

Yig‘ilishda mazkur Konstitutsiyaviy Qonunda belgilangan asosiy talablar, uning Jamiyat faoliyatiga taalluqli jihatlari hamda qonun talablaridan kelib chiqadigan vazifalar batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, Konstitutsiyaviy Qonun ijrosini ta’minlash “O‘zenergosotish” AJda alohida nazoratga olingani, Qonun talablarini amalga oshirish hamda Jamiyat faoliyatiga oid hujjatlarni mazkur Qonun talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlangani ta’kidlandi.

photo_2026-08-25_10-52-09.jpg 259.48 KB


Yig‘ilish yakunida rahbar xodimlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, Qonun talablarini chuqur o‘rganish hamda mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Foydali havolalar