Bugungi kunda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida “China Datang” kompaniyasi tomonidan qurilgan quvvati 263 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi faoliyat yuritmoqda.
Kompaniya vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvda shartnomaviy majburiyatlar, stansiyaning infratuzilma obyektlari hamda to‘lovlar bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Mavjud muammolarni hal etish, quyosh elektr stansiyasi faoliyati barqarorligini ta'minlashga qaratilgan keyingi chora-tadbirlar yuzasidan kelishib olindi.
