"O‘zenergosotish" AJ rahbariyati Turkiyaning "Cenergo" MChJ direktori Caner Esat Karabay bilan uchrashdi

Orqaga "O‘zenergosotish" AJ rahbariyati Turkiyaning "Cenergo" MChJ direktori Caner Esat Karabay bilan uchrashdi
21.09.2026

"O‘zenergosotish" AJ rahbariyati Turkiyaning "Cenergo" MChJ direktori Caner Esat Karabay bilan uchrashdi

Uchrashuvda kompaniya tomonidan O‘zbekistonda amal...

Uchrashuvda kompaniya tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan energetika loyihalari muhokama qilindi.

photo_2026-09-21_15-26-51.jpg 142.3 KB

photo_2026-09-21_15-26-50 (2).jpg 158.07 KB


Xususan, Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi quvvati 220 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasi hamda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi bilan bog‘liq qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi quvvati 550 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini ishga tushirish va sozlash ishlari, tijoriy foydalanishga topshirish (COD) bosqichiga chiqish hamda elektr energiyasini xarid qilish shartnomasi (PPA) muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan o‘zaro hamkorlikni davom ettirish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan kelishib olindi.

Foydali havolalar