Unda Jizzax viloyati Forish tumanida amalga oshirilgan quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi faoliyati, to‘lovlar masalasi, stansiyaning barqaror ishlashini ta'minlash borasidagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, mavjud loyihalarni samarali amalga oshirish va istiqboldagi loyihalar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish yuzasidan fikr almashdilar.

