“O‘zenergosotish” AJ rahbariyati Jizzax viloyatida sayyor uchrashuvlar o‘tkazmoqda
“O‘zenergosotish” AJ rahbariyati tomonidan Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan navbatdagi sayyor uchrashuvlar tashkil etildi.
Xususan, yirik to‘qimachilik va kiyim-kechak ishlab chiqarish korxonasi hisoblangan “Jizzakh Textile” MCHJ XK faoliyati o‘rganildi.
Muloqotlar davomida hududdagi ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari tomonidan elektr energiyasi ta’minoti, hisob-kitoblar, mavjud qarzdorliklar, texnik ulanish hamda faoliyatni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq qator masalalar ko‘tarildi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Orqaga
10.06.2026
“O‘zenergosotish” AJ rahbariyati Jizzax viloyatida sayyor uchrashuvlar o‘tkazmoqda
“O‘zenergosotish” AJ rahbariyati Jizzax viloyatida...


