Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan o‘zim va "O‘zenergosotish" AJ jamoasi nomidan samimiy muborakbod etaman.
Sizlarning yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish, ularni bilimli, vatanparvar va yetuk insonlar etib voyaga yetkazish yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz har qanday e’tirofga munosib.
Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan ta’lim va ilm-fan sohasi vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish va kasbiy faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ustozlarga bo‘lgan yuksak hurmatning amaliy ifodasidir.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
Hurmat bilan,
“O‘zenergosotish” AJ Boshqaruvi raisi Jahongir Obidjonov
Orqaga
01.10.2026
Ustoz va murabbiylarga ehtirom!
Hurmatli ustoz va murabbiylar!Sizlarni 1-oktabr — ...