“O‘zenergosotish” AJ rahbariyati Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi

Orqaga “O‘zenergosotish” AJ rahbariyati  Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi
07.10.2026

“O‘zenergosotish” AJ rahbariyati Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi

Unda O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manb...

Unda O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, elektr energetikasi sohasidagi istiqbolli loyihalar hamda hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi.


Mamlakat energetika tizimida quyosh va shamol elektr stansiyalari bilan bir qatorda energiya saqlash tizimlarini joriy etish muhimligi ta’kidlandi. Xususan, BESS (Battery Energy Storage System) loyihalarini amalga oshirish, elektr energiyasini samarali boshqarish va tizim barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Tomonlar, shuningdek, Zarafshon hududidagi 300 MVt/600 MVt·soat quvvatga ega BESS loyihasi hamda boshqa istiqbolli energiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdilar. 

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston energetika sektorini modernizatsiya qilish, yashil energetika ulushini oshirish hamda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish yo‘nalishida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Foydali havolalar