“O‘zenergosotish” AJ: nazariyadan amaliyotga — dual ta’lim

Orqaga  “O‘zenergosotish” AJ: nazariyadan amaliyotga — dual ta’lim
16.10.2026

“O‘zenergosotish” AJ: nazariyadan amaliyotga — dual ta’lim

Yoqilg‘i-energetika sohasida malakali kadrlarni ta...

Yoqilg‘i-energetika sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, oliy ta’lim tashkilotlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘lash muhim ahamiyat kasb etadi.

photo_2026-10-16_17-58-12.jpg 480.43 KB

Shu maqsadda “O‘zenergosotish” AJda Toshkent davlat texnika universitetining “Atom elektr stansiyalari va issiqlik energetikasi” hamda “Termodinamika va energetika auditi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari va talabalari ishtirokida dual ta’lim jarayoni tashkil etildi.

Mazkur hamkorlik talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash, energetika sohasidagi zamonaviy jarayonlar bilan yaqindan tanishish hamda kelgusida soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.

Oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish orqali energetika sohasining istiqbolli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Foydali havolalar