Sizlarni 21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Orqaga Sizlarni 21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
21.10.2026

Sizlarni 21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Qadrli yurtdoşlar, aziz hamkasblar!Sizlarni 21-okt...

Qadrli yurtdoşlar, aziz hamkasblar!

Sizlarni 21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Ona tilimiz — milliy özligimiz, ma’naviy merosimiz va xalqimizning bebaho boyligidir. Özbek tili asrlar davomida xalqimizning tarixi, madaniyati, urf-odatlari va ezgu qadriyatlarini özida mujassam etib kelmoqda.

Bugun Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunning imzolanishi ona tilimiz ravnaqi yölidagi muhim tarixiy voqea böldi. Yangi alifboda O‘ o‘ — Ö ö, G‘ g‘ — Ğ ğ, Sh sh — Ş ş, Ch ch — Ç ç şaklida özgarişlar nazarda tutilgan. Bu yangilik yozuvimizni takomillaştirish va tilimizning raqamli makondagi imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.

Ona tilimizni asrab-avaylaş, uning sofligini saqlaş, davlat va jamiyat hayotidagi nufuzini yanada yuksaltirish hamda kelajak avlodga boy ma’naviy meros sifatida yetkaziş har birimizning şarafli burçimizdir.

Ona tilimizning dovruği hamişa baland, qadri va nufuzi yanada yuksak bölsin!

Hurmat bilan,
Jahongir Obidjonov
“Özenergosotiş” AJ boşqaruvi raisi

Foydali havolalar