2026-yil 5–6-fevral kunlari «CERT International" xalqaro sertifikatlashtirish organi ekspertlari tomonidan Jamiyat faoliyatida keng ko'lamli audit o'tkazildi.
Audit yakunlariga ko'ra, «Elektr energiyasini xarid qilish va sotishni boshqarish" sohasidagi biznes-jarayonlar quyidagi xalqaro standartlar talablariga to'liq muvofiq deb topildi:
ISO 14001:2015 — Ekologik menejment
ISO 45001:2018 — Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi
ISO 50001:2018 — Energomenejment
ISO 26000:2010 — Ijtimoiy mas'uliyat
ISO 31000:2018 — Risk-menejment (xavf-xatarlarni boshqarish)
ISO 44001:2017 — Ishbilarmonlik munosabatlarini boshqarish tizimi
Bugun "O'zenergosotish" AJ Boshqaruvi raisi Jahongir Obidjonov mazkur sertifikatlarni qabul qilib oldi.
Mazkur xalqaro e'tirof quyidagi muhim natijalarni ta'minlaydi:
🔹 Korporativ boshqaruv tizimini xalqaro talablar asosida takomillashtirish
🔹 Risklarni samarali aniqlash va boshqarish orqali barqarorlikni oshirish
🔹 Ekologik mas'uliyat va energiya samaradorligini kuchaytirish
🔹 Xodimlar mehnat xavfsizligi va salomatligini ta'minlash
🔹 Ishbilarmonlik munosabatlarida shaffoflik va ishonchni mustahkamlash
🔹 Investorlar va hamkorlar uchun jozibadorlikni oshirish shular jumlasidan.
"O'zenergosotish" AJ kelgusida ham faoliyat samaradorligini oshirish, sifat va barqaror rivojlanish tamoyillariga qat'iy amal qilgan holda energetika sohasida islohotlarni izchil davom ettiradi.
Orqaga
23.02.2026
"O'zenergosotish" AJ — xalqaro standartlar darajasida yangi bosqichga chiqdi
2026-yil 5–6-fevral kunlari «CERT International" x...
Oldingi
Aholini ro‘yxatga olish: “O‘zenergosotish” AJ xodimlariga amaliy tushuntirish va maslahatlar
25.01.2026
Keyingi
"O'zenergosotish" AJ boshqaruvi raisi Jahongir Obidjonov xizmat safari bilan Jizzax va Navoiy viloyatlarida bo'lib, hududlarda amalga oshirilayotgan yirik energetika loyihalari bilan yaqindan tanishdi
24.02.2026


