"O'zenergosotish" AJ rahbariyati Sirdaryo viloyatida

Orqaga "O'zenergosotish" AJ rahbariyati Sirdaryo viloyatida
24.02.2026

"O'zenergosotish" AJ rahbariyati Sirdaryo viloyatida

"O'zenergosotish" AJ Boshqaruvi raisi Jahongir Obi...

"O'zenergosotish" AJ Boshqaruvi raisi Jahongir Obidjonov xizmat safari bilan Sirdaryo viloyatida bo'lib turibdi.

Safar davomida davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan stansiyalardagi ishlar o'rganildi. Loyihalarning amalga oshirilishi, texnik holati va xizmat ko'rsatish sifati tahlil qilindi.

Shuningdek, hududiy bo'linmalarda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko'zdan kechirildi. Xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur muhitni shakllantirish, mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Bundan tashqari, debitor qarzdorliklarni undirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishilib, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

Xizmat safari davom etmoqda.

Foydali havolalar