Prezidentimiz tomonidan yoqilg‘i-energetika sohasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumaniga biriktirilgan “O‘zenergosotish” AJ Boshqaruvi raisi J. Obidjonov boshchiligidagi maxsus shtab tomonidan hududda elektr va gaz ta’minoti tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil olib borilmoqda.
Jumladan, transformator punktlari va elektr tarmoqlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda, joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda, zarur hududlarda beton tayanchlar o‘rnatilib, yangi elektr tarmoqlari tortilmoqda. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida simlarga yaqinlashgan daraxt shox-shabbalari tozalanmoqda.
Gaz taqsimlash tarmoqlarini optimallashtirish, mavjud nosozliklarni bartaraf etish hamda gaz va elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirishga qaratilgan texnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.



