“O‘zbekiston energetika haftaligi — 2026” doirasida “O‘zenergosotish” AJ rahbariyati hamda VEMA S.A. kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida qayta tiklanuvchi energiya loyihalari doirasida uglerod aktivlarini rivojlantirish, uglerod kreditlarini standartlashtirish hamda loyiha hujjatlarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Joint Crediting Mechanism (JCM) mexanizmi doirasida Yaponiya tomoni bilan qo‘shma ishlar boshlanganligi qayd etildi. Mazkur mexanizm uglerod qisqartirish loyihalarini amalga oshirish va ularni monetizatsiya qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Tomonlar O‘zbekistondagi 17 dan ortiq quyosh va shamol elektr stansiyalari loyihalari bo‘yicha ma’lumot almashish hamda monitoring masalalarini ham ko‘rib chiqdi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikning keyingi bosqichlari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
“O‘zenergosotish” AJ mamlakat energetika sohasini rivojlantirish, zamonaviy uglerod mexanizmlarini joriy etish va O‘zbekistonning “yashil” rivojlanish strategiyasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xalqaro tashabbuslarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Orqaga
14.05.2026
“O‘zenergosotish” AJ va VEMA S.A. uglerod aktivlari bo‘yicha hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
“O‘zbekiston energetika haftaligi — 2026” doirasid...

