“O‘zenergosotish” aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining
2026-yil 15-iyuldagi 37-sonli yig‘ilish bayoniga asosan 2026-yilning
1-avgust kunidan e’tiboran elektr energetika tarmog‘i korxonalari uchun, ya’ni “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Smart Integrety ME”, “Yangi-Angren IES” AJ, “Angren IES” AJ, “Tolimarjon IES” AJ, “Taxiyatosh IES” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan “O‘zenergosotish” AJga elektr energiyasini sotish tariflari,
hamda “O‘zenergosotish“ AJ tomonidan Hududiy elektr tarmoqlari” AJ korxonalariga (yo‘qotishlarni qoplash) va “Energosavdo” filiallariga, “Buxoro HETK” AJ va “Farg‘ona HETK” AJlariga, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga (yo‘qotishlarni qoplash uchun) elektr energiyasini sotish bo‘yicha yangi ichki soha tarmoq tariflari amal qilishini ma’lum qiladi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur ichki tarmoq tariflari elektr energetika korxonalari uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun belgilangan bo‘lib, elektr energiyasining yakuniy iste’molchilariga (abonentlarga) tatbiq etilmaydi va elektr energiyasining iste’mol tarifga ta’sir ko‘rsatmaydi.