01-Avg 2024-yil
Til - har bir millatning koʻzgusi, g‘ururi va kelajagi. Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilning Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson oʻz onasini koʻrmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas. Shu ma’noda o‘z tilida so‘zlashmasdan turib ham millatning chin ruhini his etib bo‘lmaydi. Prezidentimiz tomonidan 21-oktyabr sanasining “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilinishi Yangi O‘zbekistonning yangi tarixi, yangi taraqqiyot yo‘lini jahonga bor bo‘y-basti bilan baralla so‘zlamoqda. Aziz yurtdoshlar! “O‘zenergosotish” aksiyadorlik jamiyati jamosi Sizni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati samimiy muborakbod etadi. Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan "O'zenergosotish" AJ jamoasi