Sayt sinov rejimi ostida ishlamoqda...

Logo

Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan “O‘zenergosotish” AJda davra suhbati tashkil etildi.

7-dekabr 2024-yil

logo
logologo

Unda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi katta o‘qituvchisi Ikrom G‘afurov, Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy tadqiqot markaz prokurori Temur Safarov hamda Jamiyat xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda 2023-yilda o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra, Konstitutsiyamiz 65 foizga yangilanib, moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshganligini ta’kidlandi. Konstitutsiyasiga kiritilgan yana qator o‘zgartirishlar Huquqni muhofaza qilish akademiyasi katta o‘qituvchisi Ikrom G‘afurovning nutqida o‘z aksini topdi. Ya’ni asosiy Qomusimiz xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu g‘oyalarni qamrab olganligi, uning 1-moddasidagi “O‘zbekiston – suveren demokratik respublika” jumlasi o‘rnida Yangilangan Konstitutsiyamizda “O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat” degan norma mustahkamlanganligi qayd etildi. Shuningdek, Konstitutsiyadagi muhim o‘zgartirishlardan yana biri, inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishidir. Ya’ni endilikda qonunchilikda aniq belgilab qo‘yilmagan masalalarda ziddiyat yuzaga kelsa, masala davlat emas, balki inson foydasiga hal etiladi. Bundan tashqari, turli hujjatlarni yuritishda davlat organlari tomonidan xato-kamchilik o‘tgan taqdirda, masalan, pensiya tayinlashda tegishli hujjatlar bazadan topilmay, noaniqlik yuzaga kelganida ham vaziyat fuqaro foydasiga hal etilishi lozimligi belgilab qo‘yilgani alohida aytib o‘tildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyaga kiritilgan yana qator o‘zgarishlar haqida so‘z borib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.