Sayt sinov rejimi ostida ishlamoqda...

Logo

Axborot xizmati

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Yangi O‘zbekiston uchun yangi bog‘lar yaratilmoqda

17-Mart 2025-yil

logo

Ma’lumki, O‘zbekistonda “Yashil makon” dasturi doirasida har yili 200 million tup daraxt ekilmoqda. O‘tgan 3 yilda 698 ta bog‘ va 316 ta jamoat parki tashkil etildi. “O‘zbekiston-2030” strategiyasida esa ushbu loyiha davomida yashillik miqyosini 2030-yilgacha 30 foizga yetkazish maqsadi belgilangan.

Image 1
Image 1
Image 2

Yurtimizda ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar qatorida “O‘zenergosotish” AJda ham “Dolzarb bir oylik” obodonlashtirish safarbarligi doirasida “Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish jadal sur’atlarda bormoqda.

Image 2
Image 3

Xususan, Jamiyat xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani hududida 850 tup mevali ko’chatlardan iborat “O‘zenergosotish” AJ bog‘i barpo qilinmoqda. Jamiyat xodimlari bog‘da ko‘chatlarni o‘tqazish, parvarishlash va sug‘orish ishlarida faol ishtirok etmoqdalar.

«O'zenergosotish» AJ Axborot xizmati