Sayt sinov rejimi ostida ishlamoqda...

Logo

Axborot xizmati

“O‘zenergosotish” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha yig’ilish o‘tkazildi

12-Mart 2025-yil

logo
logologo

“O‘zenergosotish” AJda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, ularning samaradorligni oshirish hamda ushbu yo‘nalishda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Jamiyatning barcha rahbar va mutaxassis xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi vakili ishtirok etgan ushbu tadbirda “O‘zenergosotish” AJning ishchi-xodimlari tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillarni o‘rganish, bartaraf qilish masalalari muhokama qilindi.

logologo

Ma’lumki, joriy yilning 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tib, unda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha qilingan ishlarga baho berilib, kelgusi vazifalar belgilab berilgan edi.

“O‘zenergosotish” AJda o‘tgan yig‘ilishda boshqaruv raisi Jahongir Obidjonov, Bosh prokuratura prokurori Rustamjon Raximov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati bosh mutaxassisi Farhod Tojiboyev ishtirokida Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati hamda sohada bu borada amalga oshirilshi lozim bo‘lgan ishlar alohida aytib o‘tildi.

Qayd etish kerak, mamalakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda. Bu borada so‘z borganda “O‘zenergosotish” AJ boshqaruvi raisi J. Obidjonov O‘zbekiston Respublikasi boshqaruv sifati indikatori va Hukumat ochiqligi bo‘yicha “Open Data Inventory” reytingida Markaziy Osiyo davlatlari orasida 1-o‘ringa, dunyoda esa 30-o‘ringa ko‘tarilganiga urg‘u berdi.

logologo

Shuningdek, korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, unda inson omili va qog‘ozbozlikni kamaytirish komplayens-nazorat xizmatining faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarda ham shaffof tizimni yaratish masalalari diqqat markazida bo‘ldi.

Yig‘ilishda xodimlarga korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va uni oldini olishda birdamlikda harakat qilishga doir tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.

«O'zenergosotish» AJ Axborot xizmati