Sayt sinov rejimi ostida ishlamoqda...

Logo

Axborot xizmati

«O‘zenergosotish» AJ da Xotin-qizlar bayrami

12-Sentabr 2024-yil

logo

7-mart kuni erta tongdan “O‘zenergosotish” AJning ostonasiga qizil gilam solindi, atrof alvon gullar bilan bezatildi. Unda fidoyilik bilan mehnat qilayotgan latofatli opa-singillarimiz yana bir ish kunini boshlash uchun oshiqar ekan, bu yerdagi bayram shukuhi ularni biroz sokin tortishga undadi. Ulardagi o’z yumushlarini tezroq boshlashga bo’lgan ilhaqlik o’rnini bayram kayfiyati egalladi.

Image 1
Image 2
Image 2

Boshqaruv raisi Jahongir Obidjonov bu yerda faoliyat yuritayotgan jamiki erkak xodimlar nomidan ularni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy tabrikladi. Ezgu tilaklar bildirildi, go’zal so’zlar yangradi, shirinliklar, sovg’alar tortiq qilindi va albatta GULLARga gullar hadya etildi.

Image 1
Image 2
Image 3

AYYOMINGIZ MUBORAK BOLSIN, AZIZ OPA-SINGILLAR!

«O'zenergosotish» AJ Axborot xizmati